Kannavaro Rossiya va Saudiya Arabistoniga qarshi o‘yinlar uchun tarkibni e’lon qildi

Sport 9 noyabr, 11:43
Kannavaro Rossiya va Saudiya Arabistoniga qarshi o‘yinlar uchun tarkibni e’lon qildi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro noyabr oyidagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga jalb etilgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi.

Yig‘in doirasida terma jamoa Rossiya va Saudiya Arabistoniga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi.

Himoyachi Abduqodir Husanov bu safargi yig‘inga chaqirilmadi. Murabbiylar va tibbiy shtab futbolchining tiklanish jarayonini davom ettirishi uchun uni terma jamoaga jalb qilmaslikka qaror qilgan.

Jamoa sardori Eldor Shomurodov esa tarkibga kiritilgan. Biroq u oilaviy sabablarga ko‘ra yig‘inning dastlabki kunlarini o‘tkazib yuboradi va keyinroq terma jamoa safiga qo‘shiladi.

O‘zbekiston terma jamoasi Rossiyaga qarshi uchrashuvni 12 noyabr kuni Toshkentdagi «Paxtakor» stadionida o‘tkazadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi.

Ikkinchi o‘yin 17 noyabr kuni Qatar poytaxti Dohadagi «Jassim bin Hamad» stadionida Saudiya Arabistoniga qarshi bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvning boshlanishi 20:30 ga belgilangan.

Noyabr yig‘ini Kannavaro boshchiligidagi murabbiylar shtabiga yil yakunidagi so‘nggi xalqaro o‘yinlarda futbolchilar holatini baholash va keyingi rasmiy musobaqalar oldidan tarkibni sinovdan o‘tkazish imkonini beradi.

4080

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→