Toshkentda qiymati 171 mln dollarlik «Halqa» podstansiyasi tarmoqqa ulandi

7-noyabr kuni Toshkentdagi yangi «Halqa» podstansiyasiga kuchlanish berildi. Energetika vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 1602 MVA quvvatga ega obyekt mamlakatdagi yirik yuqori kuchlanishli energetika inshootlaridan biri hisoblanadi.
Vazirlikning bildirishicha, podstansiya ishga tushirilgach, Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi elektr yuklamasining bir qismini qayta taqsimlash imkoniyati paydo bo‘ladi. Bu esa Toshkent issiqlik elektr stansiyasiga tushayotgan yukni kamaytiradi.
Loyiha Jahon banki ishtirokida amalga oshirilgan bo‘lib, uning umumiy qiymati 171,4 mln dollarni tashkil etadi.
Loyiha doirasida podstansiyadan tashqari 220 kV kuchlanishli 213 kilometr va 500 kV kuchlanishli 72 kilometr elektr uzatish liniyalari ham qurildi. Natijada yangi yuqori kuchlanishli tarmoqlarning umumiy uzunligi 285 kilometrga yetdi.
Energetika vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, yangi obyekt elektr energiyasini uzatish va taqsimlash imkoniyatlarini kengaytiradi hamda elektr iste’moli ortib borayotgan hududlarni qo‘shimcha quvvat bilan ta’minlashga xizmat qiladi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Uy topshirilmaguncha ulushdorlarning puli bankda saqlanadi

O‘zbekistonda ayrim smartfonlar uchun IMEI’ni rasmiylashtirish 30 kungacha cho‘zilishi mumkin

Chilonzorda ko‘l va 30 metrlik arka bilan yangi istirohat bog‘i qurilmoqda

O‘zbekistonda mahalliy maishiy texnika uchun 18 foizlik kreditlar joriy etiladi
