Shveysariya Alisher Usmonovga nisbatan sanksiyalarni bekor qildi

Shveysariya hukumati milliarder Alisher Usmonov va tadbirkor Mixail Fridmanga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarni bekor qildi. Bu haqda mamlakatning Iqtisodiy masalalar bo‘yicha davlat kotibiyati (SECO) ma’lum qildi.
Qaror Yevropa Ittifoqi sentabr oyida ikki tadbirkorni sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarganidan so‘ng qabul qilingan.
Usmonov va Fridmandan tashqari, Shveysariya Redbird Corporate Services kompaniyasi, Qrim federal universiteti rektori Andrey Falaleyev, Rossiya Davlat dumasining marhum sobiq deputati Yuriy Shvitkin va konstruktor Aleksandr Leonovni ham sanksiyalar ro‘yxatidan chiqardi.
Shu bilan birga, Bern boshqa yo‘nalishlarda sanksiyalarni kengaytirdi. Yangi cheklovlar o‘nlab Rossiya banklari va moliyaviy tashkilotlari, qator kompaniyalar, aeroportlar, portlar hamda Rossiyaning neft eksportida foydalanilayotgani aytilayotgan kemalarga nisbatan qo‘llanildi.
Yevropa Ittifoqi Alisher Usmonov va Mixail Fridman bo‘yicha sanksiyalarni 2026 yil 22 sentabr kuni bekor qilgan edi. O‘shanda Bryussel Rossiya bilan bog‘liq minglab jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan boshqa sanksiyalar muddatini uzaytirgan.
Alisher Usmonov 2022 yil mart oyida Yevropa Ittifoqining sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan edi. Shundan so‘ng u cheklovlar ustidan bir necha bor sudlarga murojaat qilib, sanksiyalar o‘zining ishbilarmonlik obro‘siga va biznes faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini bildirgan.
Keyingi yillarda tadbirkor Germaniya va boshqa Yevropa davlatlarida ham turli sud jarayonlarini boshlagan. U ayrim huquq-tartibot organlari va moliya institutlari harakatlarini asossiz deb hisoblagan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Uy topshirilmaguncha ulushdorlarning puli bankda saqlanadi

O‘zbekistonda ayrim smartfonlar uchun IMEI’ni rasmiylashtirish 30 kungacha cho‘zilishi mumkin

Chilonzorda ko‘l va 30 metrlik arka bilan yangi istirohat bog‘i qurilmoqda

O‘zbekistonda mahalliy maishiy texnika uchun 18 foizlik kreditlar joriy etiladi
