O‘zbekiston AQShda mahsulotlarini targ‘ib qilish uchun shourum va logistika omborini ochdi

O‘zbekiston AQShda mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarini namoyish etish va saqlash uchun mo‘ljallangan shourum hamda logistika omborini ishga tushirdi.
Loyiha 27-oktabrdan 3-noyabrgacha davom etgan biznes missiyasi yakunlaridan biri bo‘ldi. Tashrif Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Business Diplomat kompaniyasi ko‘magida tashkil etilgan.
Dastur doirasida o‘zbekistonlik tadbirkorlar Nyu-York, Vashington va Kaliforniyada qator uchrashuvlar o‘tkazdi.
Nyu-Yorkda AQSh bozori vakillariga UZBEX elektron platformasi taqdim etildi. Platforma o‘zbek ishlab chiqaruvchilari mahsulotlarini xorijiy xaridorlarga tanishtirish va to‘g‘ridan to‘g‘ri biznes aloqalarini yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi.
Vashingtonda delegatsiya AQShning Xalqaro rivojlanish moliyaviy korporatsiyasi (DFC), White & Case xalqaro yuridik firmasi hamda Tijorat huquqini rivojlantirish dasturi (CLDP) vakillari bilan muzokaralar olib bordi. Uchrashuvlarda eksport hajmini oshirish, investitsiyalar jalb qilish va ikki mamlakat biznes doiralari o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Kaliforniyada esa tadbirkorlar Amazon logistika tizimi faoliyati bilan tanishdi. Ular mahsulotlarni saqlash, qayta ishlash va yetkazib berish jarayonlarini o‘rgandi.
AQShda ochilgan shourum va ombor o‘zbek kompaniyalariga mahsulotlarini bevosita Amerika hududida saqlash va namoyish etish imkonini beradi. Bu buyurtmalarni tezroq bajarish hamda logistika jarayonlarini soddalashtirishga yordam beradi.
Yangi infratuzilma, ayniqsa, AQSh bozoriga kirishni rejalashtirayotgan yoki u yerda faoliyatini kengaytirayotgan kichik va o‘rta biznes vakillari uchun mo‘ljallangan.
Loyiha O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tashabbuslardan biri hisoblanadi. Avvalroq O‘zbekiston Sietl shahrida bosh konsullik ochgan edi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Uy topshirilmaguncha ulushdorlarning puli bankda saqlanadi

O‘zbekistonda ayrim smartfonlar uchun IMEI’ni rasmiylashtirish 30 kungacha cho‘zilishi mumkin

Chilonzorda ko‘l va 30 metrlik arka bilan yangi istirohat bog‘i qurilmoqda

O‘zbekistonda mahalliy maishiy texnika uchun 18 foizlik kreditlar joriy etiladi
