Yangiliklar/Siyosat

Xorijdagi muammolar bo‘yicha murojaatlar “Onlayn mahalla” orqali qabul qilinadi

Siyosat 2 noyabr, 16:35
Xorijdagi muammolar bo‘yicha murojaatlar “Onlayn mahalla” orqali qabul qilinadi

Xorijda muammoga duch kelgan o‘zbekistonliklar endi “Onlayn mahalla” platformasi orqali murojaat qoldirishi mumkin. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev mehnat migratsiyasi masalalariga bağışlangan yiğilişda ma’lum qildi.

Prezidentning aytishicha, murojaatni hal qilish uchun zarurat tug‘ilganda diplomatik vakolatxonalar jalb qilinadi. Ayrim holatlarda elchilar fuqarolar bilan shaxsan uchrashib, ularning huquqlarini himoya qilish va muammolarini hal etish bilan shug‘ullanadi.

Davlat rahbari xorijda ishlayotgan fuqarolar davlat e’tiboridan chetda qolmasligi kerakligini ta’kidladi.

Yiğilişda mahalliy hokimliklar oldiga ham qator vazifalar qo‘yildi. Xususan, xorijda ishlayotgan fuqarolarning ota-onalari va oilalari uchun munosib sharoit yaratish, shuningdek, ularning farzandlari sifatli ta’lim olishini ta’minlash topshirildi.

1850

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→