O‘zbekistonda mobil radarlar oldiga ogohlantiruvchi belgilar o‘rnatish bekor qilindi

O‘zbekistonda 1-noyabrdan mobil radarlar oldiga «Radar» ogohlantiruvchi belgisini o‘rnatish majburiyati bekor qilindi. Bu hukumat qarorida belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 1-sentabridan boshlab ushbu belgini ham statsionar, ham mobil radarlar oldiga o‘rnatish talab etilgan edi.
Yangi tartibga ko‘ra, «Radar» belgisi faqat statsionar radarlar oldida saqlanib qoladi. U radar joylashgan hududdan 250–500 metr oldin, shuningdek, qurilmaning bevosita o‘rnatilgan joyida bo‘lishi kerak.
Qaror yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, qoidabuzarliklarni foto va video orqali qayd etuvchi avtomatlashtirilgan vositalardan foydalanish tartibini takomillashtirish hamda yo‘l harakati qoidalari buzilishi holatlarini kamaytirish maqsadida qabul qilingan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
