Yangiliklar/Siyosat

Oʻzbekiston Rossiya va Germaniya bilan pensiya stajini tan olish boʻyicha kelishuvlarga erishmoqchi

Siyosat 2 noyabr, 14:21
Oʻzbekiston Rossiya va Germaniya bilan pensiya stajini tan olish boʻyicha kelishuvlarga erishmoqchi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2-noyabr kuni oʻtkazilgan mehnat migratsiyasi masalalariga bağışlangan yiğilişda xorijda ishlayotgan oʻzbekistonliklarning mehnat staji va pensiya huquqlarini tan olish masalasini koʻtardi.

Uning aytishicha, bugungi kunda Oʻzbekiston fuqarolari 40 dan ortiq davlatda qonuniy ishlamoqda va koʻplab mamlakatlarda pensiya badallarini toʻlamoqda. Shu sababli xorijda orttirilgan mehnat staji Oʻzbekistonga qaytgandan keyin ham pensiya tayinlashda hisobga olinishi kerak.

Shu maqsadda Oʻzbekiston Rossiya, Germaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Boltiqboʻyi va Bolqon mamlakatlari bilan mehnat staji hamda pensiya huquqlarini oʻzaro tan olish boʻyicha muzokaralarni kengaytirishni rejalashtirmoqda.

Mas’ul idoralarga xorijiy hamkorlar bilan muzokaralar olib borish va yil oxirigacha erishilgan natijalar yuzasidan hisobot taqdim etish topshirildi.

Hozircha Oʻzbekiston bunday kelishuvlarni Qirgʻiziston, Ozarbayjon va Turkiya bilan imzolagan.

Ozarbayjon bilan tuzilgan bitimga koʻra, fuqarolarning har ikki davlat hududida orttirgan mehnat staji pensiya tayinlashda hisobga olinadi. Agar bir mamlakatdagi staj pensiya olish uchun yetarli boʻlmasa, ikkinchi mamlakatdagi ish davri ham inobatga olinishi mumkin.

Shuningdek, fuqarolar boshqa davlatga koʻchib oʻtgan taqdirda ham tayinlangan pensiyani olish huquqini saqlab qoladi. Pensiya toʻlovlari esa har bir davlat tomonidan oʻz hududida shakllangan staj uchun alohida hisoblab chiqiladi.

Turkiya bilan oktabr oyida imzolangan ijtimoiy ta’minot toʻgʻrisidagi bitim ham fuqarolarning pensiya va boshqa ijtimoiy huquqlarini himoya qilishga qaratilgan.

Ayni paytda xorijda ishlagan davrni pensiya stajiga qoʻshish imkoniyati Oʻzbekiston qonunchiligida ham mavjud. Buning uchun xorijda mehnat qilayotgan fuqarolar ixtiyoriy ravishda ijtimoiy soliq toʻlashi kerak.

Amaldagi tartibga koʻra, ijtimoiy soliq har oy, har chorak yoki Oʻzbekistonga qaytgandan keyin uch yil davomida bir yoʻla toʻlanishi mumkin. Bunday holatda xorijda ishlagan davr pensiya tayinlashda mehnat staji sifatida hisobga olinadi.

1610

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→