Mirziyoyev Yaponiya uchun hamşiralarni maktabdan tayyorlashni taklif qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2-noyabr kuni o‘tkazilgan mehnat migratsiyasi masalalariga bağışlangan yiğilişda Yaponiyada tibbiyot xodimlari, ayniqsa hamşiralarga talab yuqori ekaniga e’tibor qaratdi.
Davlat rahbarining aytishicha, Yaponiya tomoni O‘zbekistondan ko‘proq hamşiralarni ishga qabul qilishga tayyor. Shu bois bu yo‘nalishda kadrlar tayyorlashni erta bosqichdan boshlash zarur.
“Yaponiya biz qancha hamşira tayyorlasak, shuncha kerakligini aytyapti. Shu sohada ishlashi mumkin bo‘lgan yoshlarni maktabning o‘zidan yapon tiliga o‘rgatishimiz kerak”, dedi prezident.
Şavkat Mirziyoyev xorijda ishlashga tayyorgarlik faqat til o‘rganish bilan cheklanmasligi kerakligini ta’kidladi. Uning fikricha, fuqarolar chet elga ketishdan oldin mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasbni egallashi lozim.
Shu munosabat bilan 9-11-sinf o‘quvchilarining xorijiy tillarni o‘rganishi va kasb egallashiga ko‘proq e’tibor qaratish vazifasi qo‘yildi. Prezident maktab bitiruvchilari kamida bitta xorijiy tilni mukammal bilishi va ma’lum bir kasbiy ko‘nikmaga ega bo‘lishi kerakligini qayd etdi.
Yiğilişda yana bir oy ichida 20 ta texnikumni tanlab olish va ularni 2027-yildan boshlab Yaponiya, Germaniya hamda Janubiy Koreya kompaniyalari talablariga mos mutaxassislar tayyorlash tizimiga o‘tkazish topshirildi.
Bundan tashqari, xorijga ishlash uchun ketayotgan fuqarolar bilan ishlashda diplomatik vakolatxonalar mas’uliyati kuchaytiriladi. Endilikda elchilar fuqarolarni ishga joylashtirish bilangina emas, balki ularning yangi mamlakatga moslashuvi jarayoni uchun ham javobgar bo‘ladi.
2025-yilda Migratsiya agentligi va Japan-China-Asia Medical Educational Cultural Exchange (JCAEMCE) tashkiloti o‘rtasida besh yil davomida 10 ming nafar o‘zbekistonlikni tayyorlash va Yaponiyaga ishga yuborish bo‘yicha kelishuv imzolangan edi.
Loyiha doirasida Toshkent, Samarqand va Namanganda yapon tili hamda malaka imtihonlariga tayyorlov markazlarini tashkil etish rejalashtirilgan.
Shuningdek, Yaponiyada qurilish, logistika, xizmat ko‘rsatish va parvarişlash sohalarida ham xorijiy mutaxassislarga talab saqlanib qolmoqda.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
