Aydarköl boyida 150 gektarlik turizm majmuasi quriş rejaläştirilmoqda

Navoiy viloyatidagi Aydarköl sohilida 150 gektar maydonni egallaydigan turistik-rekreatsion majmua quriş rejaläştirilmoqda.
Loyihaga quyidagi obyektlar kiritilgan:
- beşta mehmonxona;
- 20 ta dam oliş va sağlomlaştiriş maskani;
- 25 ta kemping;
- kottejlar;
- restoranlar;
- boshqa turistik xizmat körsatiş obyektlari.
Majmuaning yil davomida işlaşi va bir vaqtning özida 2 ming kişini qabul qilişi közda tutilgan.
Loyiha mualliflari hududga yiliga 500 ming sayyoh, jumladan, 200 ming xorijlik va 300 ming mahalliy mehmonni jalb qilişni rejaläştirgan. Majmuada 300 ta iş örni yaratiş möljallangan.
Loyiha qiymati, moliyalaştiriş manbalari, investorlar hamda quriliş boşlanadigan va tugaydigan sanalar e’lon qilinmagan. Uning master-rejasi, aniq joylaşuvi va yarim million sayyohlik yillik oqim qanday hisoblangani haqida ham ma’lumot yöq.
Aydarköl Navoiy va Jizzax viloyatlari hududida joylaşgan Aydar-Arnasoy köllar tizimi tarkibiga kiradi. Hududdan turizm bilan birga baliqçilik va biologik xilma-xillikni saqlaş maqsadlarida ham foydalaniladi.
2022-yilda hukumat köllar atrofida ekologik, agro, safari va boshqa turizm yönalişlarini rivojlantiriş uçun muhandislik kommunikatsiyalari yetarli emasligini qayd etgan. Vazifalar qatoriga hududning ekologik holatini yaxşilaş, ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş hamda suv resurslaridan oqilona foydalaniş kiritilgan.
Hududni boşqariş uçun Suv xöjaligi vazirligi tizimida «Aydar-Arnasoy köllar tizimi» MÇJ tuzilgan. Hukumat köllardan foydalaniş va zarur infratuzilmani taşkil etiş boyiça yöl xaritasini ham tasdiqlagan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
