Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga tashrifini yakunlab, Toshkentga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga amaliy tashrifi yakunlandi. Davlat rahbari va uning rafiqasi Anqaradagi Etimesgut aeroportida Turkiya savdo vaziri O‘mer Bolat va boshqa rasmiy shaxslar tomonidan kuzatib qo‘yildi.
Tashrif davomida Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an bilan muzokaralar o‘tkazdi. Shuningdek, Turkiy davlatlar sivilizatsiyasi bog‘ining ochilish marosimida ishtirok etdi.
O‘zbekiston prezidenti Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida ham qatnashib, ko‘p tomonlama hamkorlikni kengaytirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi va qator tashabbuslarni ilgari surdi.
Bundan tashqari, Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
