AQŞ grin-karta lotereyasiga ariza qabul qiliş sanasini e’lon qilmadi

AQŞ Davlat departamenti 2027-moliya yili uçun grin-karta lotereyasiga röyxatdan ötiş sanalarini e’lon qilmadi. Avvalroq quyi instansiya sudi idoradan 29-oktabrgaça muddatlarni açıqläş va 1-noyabrgacha arizalarni qabul qila boşlaşni talab qilgan edi.
Toqqizinçi okrug apellyatsiya sudi uşbu qaror ijrosini vaqtinça töxtatdi. Sud prezident Donald Tramp ma’muriyatining apellyatsiya körib çiqilgunça quyi instansiya qarorini blokläş haqidagi iltimosini qanoatlantirdi.
Şu sababli AQŞ Davlat departamenti hozirça sud belgilagan jadvalga amal qilişi şart emas. Röyxatga olişning yangi sanalari ham ma’lum qilinmadi.
Red Eagle Law yuridik firmasi grin-karta lotereyasining amalda töxtatilişi yuzasidan ma’muriyat ustidan sudga murojaat qilgan.
Kaliforniya janubiy okrug sudi oktabr örtalarida dasturni qayta boşlaş boyiça qaror çiqardi. Unga köra, Davlat departamenti röyxatdan ötiş sanalarini 29-oktabrgaça e’lon qilişi, arizalarni esa 1-noyabrgacha qabul qila boşlaşi kerak edi.
Sud, şuningdek, Diversity Visa dasturi yuridik firmalarga foyda keliş uçun emas, immigratsiyani rağbatlantiriş uçun yaratilganini ta’kidladi. Biroq sud lotereyaning amalda bekor qilinişini qöllab-quvvatlamasligini ham bildirdi.
Ma’muriyat apellyatsiya berganidan söng Toqqizinçi okrug sudi uşbu qaror ijrosini vaqtinça töxtatdi.
Grin-karta lotereyasi sud belgilagan muddatda qayta boşlanmadi. AQŞ Davlat departamenti yangi sanalarni ham e’lon qilmagan.
Bu dastur batamom bekor qilindi degani emas. Apellyatsiya hali körib çiqilmoqda, lotereyaning keyingi taqdiri haqida yakuniy qaror qabul qilinmagan.
Rasmiy qabul boşlanmagunça arizani oldindan topşirişni va’da qilayotgan saytlar yoki vositaçilarga ma’lumot hamda pul bermaslik kerak. Diversity Visa anketasi faqat AQŞ Davlat departamenti körsatgan davlat portalida röyxatdan ötiş boshlanganidan keyin bepul topşiriladi.
Oq uy 2025-yil dekabrida Providensdagi Braun universitetida yuz bergan otishmadan söng dasturni töxtatişga qaror qilgan. AQŞ rasmiylariga köra, hujumni amalga oşirgan şaxs mamlakatga Diversity Visa dasturi orqali kelgan.
Grin-karta AQŞ fuqarosi bölmagan şaxsga mamlakatda doimiy yaşaş va işlaş huquqini beradi. Diversity Visa dasturi AQŞda kam vakillangan mamlakatlardan keluvçilar uçun möljallangan. Dastur doirasida yiliga 55 mingtaça immigratsion viza ajratilişi mumkin.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
