AQŞga uçadigan yolovçilar Kongo DRga safar qilmaganini tasdiqlaşi kerak

Dunyo 29 oktyabr, 14:00
AQŞga uçadigan yolovçilar Kongo DRga safar qilmaganini tasdiqlaşi kerak

2026-yil 3-noyabrdan xorijiy davlatlardan AQŞga uçadigan yolovçilar Amerika Kasalliklarni nazorat qiliş va oldini oliş markazlari (CDC) deklaratsiyasini töldirişi kerak. Talab tranzit yolovçilarga ham tegişli, deb xabar berdi Uzbekistan Airways.

Deklaratsiyada yolovçi AQŞga uçişdan oldingi 21 kun davomida Kongo Demokratik Respublikasida bölmaganini tasdiqlaydi.

Kongo DR aeroportidagi tranzit ham mamlakatda böliş deb hisoblanadi. Bu qoida samolyotdan tuşmagan yoki aeroportning tranzit hududidan çiqmagan yolovçilarga ham qöllanadi. Mamlakat hududi ustidan qönmasdan uçib ötiş esa hisobga olinmaydi.

Deklaratsiya qanday töldiriladi?

Deklaratsiyani qoğoz yoki elektron shaklda topşiriş mumkin. Har bir yolovçi uçun alohida hujjat töldiriladi.

18 yaşga tölmagan yolovçi uçun hujjatni ota-ona, vasiy yoki boshqa vakolatli şaxs töldirib, imzolaydi. Yoshi yoki soğliğiga köra deklaratsiyani mustaqil töldira olmaydigan kişi uçun ham vakil imzo qöyişi mumkin.

Aviakompaniyalar deklaratsiyani parvozdan oldin tekşiriş va kamida 42 kun saqlaşi kerak. AQŞ idoralari talab qilsa, hujjatlar ularga taqdim etiladi. Deklaratsiya topşirmagan yolovçi samolyotga qöyilmaydi.

Ataylab yolğon yoki çalğituvçi ma’lumot beriş AQŞ qonunçiligiga köra jarima va jinoiy javobgarlikka sabab bölişi mumkin. CDC formasida ayrim qoidabuzişlar uçun bir yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi körsatilgan.

CDC deklaratsiyasi formasi

6410

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→