Suv omborlari yaqinidagi turizm biznesiga soliqlar 50 foizga kamaytiriladi

Özbekistonda suv omborlari va ularga tutash hududlarda turistik xizmat körsatadigan tadbirkorlar yer va yuridik şaxslarning mol-mulk soliğini belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida tölaydi.
Imtiyozlar prezidentning 2026-yil 27-oktabrdagi PQ-387-son qarorida belgilangan va 2029-yil 1-oktabrgaça amal qiladi.
Tadbirkorlar suvda işlatiladigan GPS qurilmalari, qutqaruv jihozlari, xavfsizlik vositalari va zamonaviy sanitariya-gigiyena punktlarini import qilişda bojxona tölovlarini 120 kunga keçiktirişi yoki bölib tölaşi mumkin.
Suv omborlari yaqinidagi turizm obyektlari mehmonlar xavfsizligini ta’minlaydigan va favqulodda vaziyatlarning oldini oladigan vositalar bilan jihozlanişi kerak.
Tadbirkorlar:
- öz qutqaruv xizmatini taşkil etişi yoki professional qutqaruv tuzilmasi bilan şartnoma tuzişi;
- kiçik hajmli kemalar va ularning turar joylaridan xavfsiz foydalaniş qoidalariga rioya qilişi;
- obyektlarni içki kanalizatsiya tarmoği va mahalliy oqova suv tozalaş inşootlari bilan ta’minlaşi;
- oqova suvlarning suv havzalariga oqizilişiga yöl qöymasligi;
- maişiy çiqindilarni belgilangan tartibda utilizatsiya qilişi kerak.
Uşbu talablar suv omborlarida va ularga tutash hududlarda taşkil etilgan turizm obyektlariga tegişli.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
