Hindistonlik rassom ziravorlardan 175,82 kvadrat metrli kartina yaratdi

Dunyo 28 oktyabr, 20:57
Hindistonlik rassom ziravorlardan 175,82 kvadrat metrli kartina yaratdi

Hindistonlik rassom Amar Kale ziravorlardan dunyodagi eng katta kartinani yaratdi. Asarning maydoni 175,82 kvadrat metrni, ya’ni tennis kortining qariyb uchdan ikki qismini tashkil etdi. Natija Ginnesning rekordlar kitobi tomonidan tasdiqlandi.

Kartina 27-yanvar kuni Hindistonning Karnataka shtatidagi Dharvad shahrida yaratildi. Rassom ishni taxminan o‘n soatda tugatdi. Buning uchun 5 kilogramm maydalangan qalampir va 6 kilogramm zarchava sarflandi. Ortiqcha tayyorlangan ziravorlar isrof qilinmay, boshqalarga berildi.

Amar Kale qizil va sariq ziravorlar yordamida Karnataka xaritasi hamda Hampidagi mashhur tosh aravani tasvirladi. Uning aytishicha, shtat ziravorlari bilan tanilgani uchun kundalik oshxona mahsulotlarini badiiy material sifatida tanlagan.

Amar Kale 29 yoshda. U rassomlikni mustaqil o‘rgangan va sakkiz yildan beri san’at bilan professional shug‘ullanadi. Asosan moybo‘yoq va akril yordamida realistik kartinalar hamda portretlar chizadi. U 2018-yilda muhandislik ishini tashlab, rassomlik bilan shug‘ullana boshlagan.

Bu uning uchinchi Ginnes rekordi. 2021-yilda rassom bir daqiqada 98 ta bo‘yalgan kaft izini tushirgan, biroq keyinchalik bu natija yangilangan. Fevral oyida esa u og‘zi bilan 112,36 kvadrat metrli kartina yaratib, yana bir rekord o‘rnatgan.

Rekord qayd etilgach, ziravorlardan tayyorlangan kartina omma uchun namoyishga qo‘yildi.

7170

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→