Yangiliklar/Jamiyat

BRT qurilishi sabab 13 ta avtobus yo‘nalishi o‘zgardi

Jamiyat 28 oktyabr, 10:15
BRT qurilishi sabab 13 ta avtobus yo‘nalishi o‘zgardi

26-oktabrdan Toshkentning Yunusobod tumanida 13 ta avtobus yo‘nalishining harakati vaqtincha o‘zgardi. Bunga Amir Temur shohko‘chasida BRT liniyasi qurilishi sabab bo‘ldi.

Asosiy qayrilish joyi yopilgani uchun 5, 82, 83, 123 va 124-sonli avtobuslar to‘g‘ri harakatlanadi.

3, 6, 7, 25, 96, 119, 149 va 175-sonli avtobuslar esa qaytish yo‘nalishida «Shahriston» metro bekati yonidagi qayrilish joyidan o‘tadi.

Qurilish vaqtida avtobuslar oralig‘i o‘zgarishi mumkin. Vaqtinchalik harakat sxemasi qachongacha amal qilishi ma’lum qilinmadi.

2830

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→