Toşkentdan taşqaridagi hududlarga bank kreditlarining 55 foizi töğri keladi

2026-yil 1-oktabr holatiga Özbekiston banklarining kredit portfeli 659,1 trln sömni, depozitlar qoldiği esa 501 trln sömni taşkil etdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.
Toşkentdan taşqaridagi hududlarga 361,6 trln söm yoki jami kreditlarning 54,9 foizi töğri keladi. Poytaxtdagi kredit portfeli 297,5 trln sömni taşkil etgan.
Jismoniy şaxslarga 248,4 trln söm, yuridik şaxslarga esa 410,7 trln söm kredit ajratilgan. Aholiga berilgan kreditlarning 175,1 trln sömi yoki 70,5 foizi Toşkentdan taşqaridagi hududlar hissasiga töğri keladi.
Kreditlar hajmi boyiça Farğona viloyati birinçi örinda
Poytaxt hisobga olinmaganda, eng katta kredit portfeli Farğona viloyatida qayd etilgan — 38,7 trln söm.
Keyingi örinlarda:
- Samarqand viloyati — 34,5 trln söm;
- Toşkent viloyati — 31,4 trln söm;
- Andijon viloyati — 31,2 trln söm;
- Qaşqadaryo viloyati — 31 trln söm.
Uşbu beşta viloyatga Toşkentdan taşqarida ajratilgan kreditlarning qariyb 46 foizi töğri keladi.
Eng kam kredit Jizzax viloyatida — 21,2 trln söm, Sirdaryo viloyatida — 21,3 trln söm va Navoiy viloyatida — 21,6 trln söm. Qoraqalpoğistondagi kredit portfeli 22,6 trln sömni taşkil etgan.
Samarqandda aholiga 18,4 trln söm kredit berilgan
Jismoniy şaxslarga ajratilgan kreditlar boyiça Samarqand viloyati yetakçi — 18,4 trln söm.
Farğona viloyatida bu körsatkiç 17,8 trln sömni, Andijonda 16,6 trln sömni, Qaşqadaryoda 16,2 trln sömni taşkil etgan. Eng past körsatkiç Sirdaryo viloyatida qayd etilgan — 5,8 trln söm.
Toşkent şahrida yuridik şaxslarga 224,3 trln söm, jismoniy şaxslarga esa 73,2 trln söm kredit berilgan.
Omonatlarning 383 trln sömi Toşkentda
Mamlakatdagi 501 trln sömlik depozitlarning 383 trln sömi Toşkent şahrida saqlanmoqda. Bu jami depozitlarning qariyb 76 foiziga teng.
Poytaxtdagi depozitlarning 275,8 trln sömi yuridik şaxslarga, 107,1 trln sömi jismoniy şaxslarga tegişli.
Toşkentdan taşqaridagi hududlarda depozitlar qoldiği 118,1 trln sömni taşkil etgan. Şundan 84,5 trln sömi yoki 71,6 foizi aholi mablağlaridir.
Hududlar orasida eng köp depozit Samarqand viloyatida joylaştirilgan — 14,7 trln söm. Buxoro viloyatida bu körsatkiç 13,9 trln sömni, Xorazm viloyatida 13 trln sömni taşkil etgan. Buxoro va Xorazmda depozitlarning 80 foizidan köproği aholi hissasiga töğri keladi.
Eng kam depozit Sirdaryo viloyatida — 2,3 trln söm va Jizzax viloyatida — 3,9 trln söm qayd etilgan.
Özbekiston boyiça jismoniy şaxslarning depozitlari 191,6 trln sömni, yuridik şaxslarning mablağlari esa 309,4 trln sömni taşkil etgan.
Toşkentdan taşqarida aholiga berilgan kreditlar ularning banklardagi depozitlaridan ikki baravardan köp: 175,1 trln sömga qarşi 84,5 trln söm.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
