Toshkentda Shahrisabz ko‘chasining yana bir kilometrga yaqin qismida BRT yo‘lagi ochildi

Toshkent shahridagi Shahrisabz ko‘chasida uzunligi qariyb 1 kilometr bo‘lgan yangi BRT yo‘lagi ochildi. Bu haqda Yo‘l harakatini tashkil etish markazi (YHTM) matbuot xizmati xabar berdi.
Yangi uchastka Shahrisabz ko‘chasining Amir Temur shoh ko‘chasi bilan kesishgan joyidan Maxtumquli ko‘chasi bilan kesishmasigacha davom etadi. U Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va 6-son shahar tug‘ruq majmuasi oralig‘ida joylashgan.
Yangi uchastka ochilishi bilan Shota Rustaveli va Shahrisabz ko‘chalaridagi uzluksiz BRT yo‘lagining umumiy uzunligi qariyb 8 kilometrga yetdi.
YHTM ma’lumotiga ko‘ra, poytaxtda bosqichma-bosqich yagona transport koridori shakllantirilmoqda. Kelgusida ushbu koridor Sergeli va Yunusobod tumanlarini bog‘lashi rejalashtirilgan. Ishlar tasdiqlangan rejaga muvofiq davom ettirilmoqda.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
