U-20 Jahon çempionati 2027-yil kuzida Özbekiston va Ozarbayjonda ötkaziladi

20 yoşgaça bölgan futbolçilar örtasidagi Jahon çempionati 2027-yil 17-sentabrdan 9-oktabrgaça Özbekiston va Ozarbayjonda ötkaziladi. Turnirda 24 ta yoshlar terma jamoasi qatnaşadi. Musobaqa sanalari 22-oktabr kuni FIFA Kengaşi byurosi yiğilişida tasdiqlandi, deb xabar berdi Özbekiston futbol assotsiatsiyasi.
Özbekiston va Ozarbayjon turnirni birgalikda ötkaziş huquqini 2025-yil 2-oktabrda olgan. Qaror FIFA Kengaşining Syurixdagi yiğilişida qabul qilingan. Bu ikki davlatda bir vaqtning özida ötkaziladigan dastlabki U-20 Jahon çempionati böladi.
FIFA prezidenti Janni Infantino turnir Yevropa va Osiyoni birlaştirişini hamda iqtidorli yosh futbolçilar uçun xalqaro maydon yaratib berişini ta’kidlagan.

FIFA öyinlarni stadionda tomosha qilişni istagan muxlislar uçun dastlabki röyxatdan ötişni oçdi. FIFA.com saytidagi çiptalar bölimida aloqa ma’lumotlarini qoldirib, savdo boşlanişi haqida xabarnoma oliş mumkin. Çiptalarni faqat FIFA.com/tickets orqali rasmiy savdo oçilganidan keyin xarid qiliş tavsiya etiladi.
Turnirga 50 yil töladi
2027-yilgi musobaqa yoshlar Jahon çempionatining 25-turniri böladi. Birinçi çempionat 1977-yilda Tunisda ötkazilgan. Şunday qilib, Özbekiston va Ozarbayjondagi turnir musobaqaning 50 yilligiga toğri keladi.
Çempionatning rasmiy ramzlari 2026-yil 16-oktabrda taqdim etildi. Turnir şiori U Shape The Game deb belgilandi.
Özbekiston va Ozarbayjon mezbon sifatida final bosqiçida qatnaşadi. Qolgan terma jamoalar qit’a saralaş turnirlari orqali aniqlanadi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
