Yangiliklar/Jamiyat

Botkin qabristoni yonidagi noqonuniy quriliş töxtatildi

Jamiyat 23 oktyabr, 21:20
Botkin qabristoni yonidagi noqonuniy quriliş töxtatildi

Toşkentdagi Botkin qabristoni yonida olib borilayotgan quriliş işlari Şahar quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida nazorat qiliş hududiy inspeksiyasi tekşiruvidan söng töxtatildi.

Tekşiruvda Yaşnobod tumanidagi «Sultonali Maşhadiy» mahallasida joylaşgan tadbirkorlik obyektida qöşimça bino tegishli ruxsatlarsiz qurilgani aniqlandi. İşlar şaharsozlik normalari va belgilangan talablarga zid olib borilgan.

Yer qaz işlari vaqtida sobiq şampan vinolari zavodi hududini Botkin qabristonidan ajratib turgan devor qulagan. Quruvçilarning ehtiyotsizligi oqibatida qabriston devori va bir neçta qabrtoş şikastlangan.

Toşkent şahar hokimligi avvalroq 15-sektorning oxirgi qatoridagi bir neçta qabrtoş zararlangani, biroq qabrlar oçilmaganini ma’lum qilgan edi.

Buyurtmaçi va pudratçi taşkilot şikastlangan qabrtoşlarni tiklaş hamda devor qulaşining oqibatlarini bartaraf etişi kerak.

Quriliş taşkilotiga 200 BHM, ya’ni 88 mln söm miqdorida ma’muriy jarima solindi. Obyektdagi quriliş işlari töliq töxtatildi.

8440

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→