Yangiliklar/Siyosat

Ziroat Mirziyoyeva оğır kasallikka çalingan bolalarni qöllab-quvvatlaş global tarmoğiga rahbarlik qiladi

Siyosat 22 oktyabr, 11:11
Ziroat Mirziyoyeva оğır kasallikka çalingan bolalarni qöllab-quvvatlaş global tarmoğiga rahbarlik qiladi

Samarqandda ağır kasallikka çalingan bolalarni qöllab-quvvatlaş global tarmoği tuzilgani e’lon qilindi. Özbekistonning birinçi xonimi Ziroat Mirziyoyeva ikki yil muddatga tarmoq raisi etib saylandi.

Tarmoq tuzilgani haqida St. Jude bolalar ilmiy-tadqiqot şifoxonasi vitse-prezidenti va St. Jude Global direktori Karlos Rodriges-Galindo bolalar saratoni böyiça ikkinçi xalqaro kongressda ma’lum qildi.

Platforma birinçi xonimlar va davlat rahbarlarining turmuş örtoqlarini birlaştiradi. Tarmoq doirasida ağır va hayot uçun xavfli kasalliklarga, jumladan saratonga çalingan bolalarni davolaş, reabilitatsiya qiliş va qöllab-quvvatlaş böyiça tajriba almaşiladi.

Tarmoqning töliq tarkibi, moliyalaştiriş mexanizmi va dastlabki loyihalari hozirça oçiqlanmagan. Uning kotibiyati qayerda joylaşişi va tibbiyot muassasalari faoliyatga qanday jalb qilinişi ham ma’lum emas.

«Soğayişdan hayot sifatigaça» mavzusidagi kongress «Bolalar farovonligiga investitsiyalar» global sammiti doirasida ötkazildi.

Unda Özbekiston, Ozarbayjon, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston va Rossiya sağliqni saqlaş sohasi rahbarlari qatnaşdi.

Muhokamalarda Jahon sağliqni saqlaş taşkiloti, Xalqaro bolalar onkologlari jamiyati, Yevropa onkologiya maktabi, xorijiy klinikalar, ilmiy taşkilotlar va jamoat birlaşmalari vakillari ham iştirok etdi.

Ziroat Mirziyoyeva hukumatlar, olimlar va gumanitar taşkilotlarni ağır kasallikka çalingan bolalar hamda ularning oilalarini davolaniş davrida yordamsiz qoldirmaslik uçun birgalikda işlaşga çaqirdi.

Kongressda Mehrli Maktab gospital maktabi öquvçilari ham qatnaşib, öz hikoyalarini aytib berdi. Loyiha şifoxonalarda uzoq muddat davolanayotgan bolalarga maktab ta’limini davom ettiriş imkonini beradi.

St. Jude Global resurslari çeklanaan mamlakatlarda bolalar saratonini davolaş imkoniyatlarini kengaytiriş bilan şuğullanadi. Uning boş taşkiloti St. Jude Children’s Research Hospital ağır bolalar kasalliklarini davolaş va örganişga ixtisoslaşgan.

7910

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→