Yangiliklar/Siyosat

Ziroat Mirziyoyeva bolalar salomatligini qöllab-quvvatlağani uçun xalqaro mukofot oldi

Siyosat 22 oktyabr, 13:00
Ziroat Mirziyoyeva bolalar salomatligini qöllab-quvvatlağani uçun xalqaro mukofot oldi

Özbekiston birinçi xonimi Ziroat Mirziyoyeva bolalar onkologiyasi böyiça tibbiy yordam tizimini rivojlantiriş va har bir bolaning sağlom hayot keçiriş huquqini ilgari surişdagi faoliyati uçun xalqaro mukofot bilan taqdirlandi.

Mukofotni Jahon sağliqni saqlaş taşkiloti boş direktori Tedros Adhanom Gebreyesus topşirdi.

Taqdirlaş marosimi Samarqandda ötkazilgan «Bolalar farovonligiga investitsiyalar: kelajak avlodlar uçun barqaror va adolatli taraqqiyot yölida» xalqaro sammiti hamda Bolalar onkologiyasi va gematologiyasi böyiça II xalqaro kongress doirasida bölib ötdi.

Tedros Adhanom Gebreyesus Ziroat Mirziyoyevaning bolalar, ayniqsa, onkologik kasalliklar bilan kuraşayotgan bolalar manfaatlarini himoya qilişdagi faoliyatini qayd etdi.

«Siz butun dunyoda bolalar, ayniqsa, onkologik kasalliklar bilan kuraşayotgan bolalar manfaatlari yölida çinakam kuraşçi, har bir bolaning ta’lim oliş va soğlom hayot keçiriş huquqining himoyaçisisiz», dedi u.

Mukofot 2019-yilda ta’sis etilgan. U aholi salomatligini himoya qilişda aniq natijalarga erişgan va alohida yetakçilik körsatgan şaxslarga beriladi.

Avvalgi yillarda mukofot davlat va xalqaro taşkilotlar rahbarlari, Nobel mukofoti sovrindorlari, olimlar va jamoat arboblariga topşirilgan. Ularning faoliyati emlaşni kengaytiriş, yuqumli kasalliklarga qarşi kuraş, tibbiy yordamdan foydalaniş imkoniyatlarini yaxşilaş va xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş kabi yönalişlarni qamrab olgan.

1,2630

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→