Xorazmda bir oilaning to‘rt a’zosi vafot etishi ortidan oziq-ovqat mahsulotlari tekshirildi

2026-yil 10-oktabr kuni Xorazm viloyatining Bog‘ot tumanidagi «Ma’naviyat» mahallasida bir oilaning to‘rt a’zosi — ona va uning uch nafar voyaga yetmagan qizi vafot etdi.
O‘lim sabablarini aniqlash uchun Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi hamkor tashkilotlar bilan birgalikda xonadondan olingan mahsulotlarni tekshirdi. Dastlab hodisa tug‘ilgan kun marosimidan qolgan taomlarni iste’mol qilish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi taxmin qilingan.
Parranda go‘shti, shashlik qiymasi, yogurt va sharbat namunalarida mikrobiologik ko‘rsatkichlar bo‘yicha nomuvofiqliklar aniqlangan. Pestitsidlar qoldig‘i, og‘ir metallar, zaharli elementlar va nitratlar miqdori bo‘yicha o‘tkazilgan tahlillarda esa ayrim mahsulotlar sanitariya talablariga muvofiq deb topilgan.
Qon namunalarini gemokultura usulida tekshirishda patogen mikroflora, shuningdek, tif va paratif kasalliklari qo‘zg‘atuvchilari aniqlanmagan.
Go‘sht, non, shashlik, yogurt, sharbat, baqlajon va bulg‘or qalampiri namunalari ham laboratoriya tekshiruvidan o‘tkazilgan.
Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, ayrim namunalarda patogen mikroorganizmlarning aniqlanishi aynan shu mahsulotlar o‘limga sabab bo‘lganini isbotlamaydi. Hodisaning salat iste’moli bilan bog‘liqligi haqidagi taxmin ham hozircha tasdiqlanmagan.
To‘rt kishining vafot etish sabablari, ehtimoliy zaharlanish manbasi va laboratoriya tahlillari natijalari o‘rtasidagi bog‘liqlik tekshiruv hamda ekspertiza xulosalari asosida aniqlanadi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
