O‘zbekistonda Google Pay ishga tushdi, Apple Pay yaqin kunlarda ishga tushirilishi kutilmoqda

O‘zbekistonda Google Pay to‘lov xizmati ishga tushirildi. Endilikda sayyohlar smartfonlari orqali kontaktsiz to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin.
Apple Pay xizmatini ishga tushirish yaqin kunlarga rejalashtirilgan. Bu boradagi texnik ishlarni Markaziy bank, tijorat banklari, HUMO va Uzcard to‘lov tizimlari olib bormoqda.
O‘zbekistonda QR-kod orqali to‘lov imkoniyatlari ham kengaytirilmoqda. 2026-yil avgust oyida HUMO infratuzilmasida Alipay+ to‘lov shlyuzi ishga tushirilgan.
Ushbu xizmat orqali Alipay foydalanuvchilari va unga ulangan elektron hamyonlar egalari O‘zbekistonda UZQR tizimi yordamida to‘lovlarni amalga oshirishi mumkin.
Bundan tashqari, 2026-yilda Mumbay shahrida bo‘lib o‘tgan Global Fintech Fest tadbirida HUMO va NPCI International vakillari transchegaraviy QR-to‘lovlar bo‘yicha kelishuvni amalga oshirish masalasini muhokama qilgan.
Loyiha UZQR tizimini Hindistonning UPI to‘lov tizimiga integratsiya qilishni nazarda tutadi. Bu amalga oshirilsa, Hindistondan kelgan sayyohlar O‘zbekistonda tovar va xizmatlar uchun o‘zlariga tanish to‘lov ilovalari orqali haq to‘lashlari mumkin bo‘ladi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
