O‘zbekistonda 2027-yildan turoperatorlar uchun QQSning nol stavkasi joriy etiladi

2027-yil 1-yanvardan O‘zbekiston rezidenti bo‘lgan turoperatorlarning xorijiy sayyohlarga ko‘rsatgan xizmatlariga QQSning nol stavkasi qo‘llaniladi. Bu prezidentning 2026-yil 27-avgustdagi PF-175-son farmonida belgilangan.
Amaldagi tartibga ko‘ra, ushbu xizmatlar uchun QQS stavkasi 12 foizni tashkil etadi.
Bundan tashqari, turoperatorlar uchun boshqa soliq imtiyozlari ham nazarda tutilgan.
2024-yil 1-oktabrdan boshlab turoperatorlarga to‘langan QQSning 20 foizi qaytariladi. Ushbu tartib kompaniyaning reyting darajasidan qat’i nazar qo‘llaniladi.
Shuningdek, 2026-yil 1-iyundan 2030-yil 1-yanvargacha turoperatorlar QQSni hisoblash va to‘lashning soddalashtirilgan tartibini ixtiyoriy tanlashi mumkin. U quyidagilarni nazarda tutadi:
- QQS stavkasi — 6 foiz;
- foyda solig‘i stavkasi — 0 foiz;
- foyda solig‘i bo‘yicha hisobot topshirilmaydi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
