Buxoroda 10,85 kg sintetik narkotik saqlangan laboratoriya aniqlandi

Buxoro şahridagi kvartiralardan birida sintetik narkotik tayyorlaş laboratoriyasi aniqlandi. Operatsiyani Bojxona qömitasi va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari ötkazdi.
Tadbir davomida ikki k işi qo‘lga olindi. Dastlabki ma’lumotlarga köra, taqiqlangan moddalar Telegram’dagi narkotik dökon orqali sotilgan.
Kvartiradan 16 ta öramga joylangan 6,65 kg «spays» sintetik moddasi topildi. U yerdan, şuningdek:
- 36 ta SIM-karta;
- respiratorlar;
- moddalarni qadoqlaş paketlari;
- iş böyiça boşqa aşyoviy dalillar olindi.
Kvartirada tayyorlangan yana 4,2 kg modda Kogon şahridagi 21 ta joyga yaşirib qöyilgan öramlardan topildi.
Operatsiya davomida jami 10,85 kg sintetik narkotik musodara qilindi. Bojxona qömitasining hisobiga köra, bu miqdor 32,5 miŋdan ortiq bir martalik dozaga yetişi mumkin edi.
Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatildi. Tergov organlari sxemada qatnaşgan boşqa şaxslarni aniqlamoqda.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Milliy gvardiya SIga ega dronlar va robotlarni sinovdan o‘tkazmoqda: yil oxirigacha ularni Toshkent bog‘lariga chiqarish rejalashtirilgan

Toshkentning Chilonzor va Uchtepa tumanlarida 14-noyabr kuni soat 15:00 dan 16:00 gacha elektr ta’minotida uzilishlar bo‘lishi mumkin

Diyora Keldiyorova Zagreb Gran-prisida bronza medalini qo‘lga kiritdi

“O‘zatom”: Jizzaxdagi AES loyihasi amaliy bosqichga o‘tdi
