Ta’lim vaziri 2027-yil fevraligaça xodimlarni suhbat asosida işga olişi mumkin

Prezident Ta’lim va ilm-fan vazirligi faoliyatini taşkil etiş tartibini tasdiqladi.
Vazir Erkinjon Turdimov 2027-yil 1-fevralgaça markaziy apparat xodimlarini töğridan töğri suhbat asosida işga qabul qilişi mumkin. Bu vaqtinçalik tartib sifatida joriy etiladi.
Ta’lim va ilm-fan vazirligi Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi negizida taşkil etilgan. Vazirlik ta’lim, ilm-fan va ilmiy faoliyat uçun mas’ul böladi.
Vazirlik huzurida quyidagilar faoliyat yuritadi:
- Inson kapitalini rivojlantiriş jamğarmasi;
- Ta’lim va ilm-fan böyiça strategik tadqiqotlar va baholaş markazi;
- Bilim va malakalarni baholaş agentligi.
Bilim va malakalarni baholaş agentligi avval Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzurida faoliyat yuritgan. Endi u yangi vazirlik tuzilmasiga ötkaziladi.
Prezident Administratsiyasi huzurida inson kapitalini rivojlantiriş va uzluksiz ta’lim strategiyasini tayyorlaydigan işçi guruh tuziladi.
Fuqarolarning murojaatlari, şikoyatlari va takliflarini qabul qiluvçi koll-markaz autsorsing asosida işlaydi. Ta’lim sifati va mavjud muammolar haqida ma’lumot töplaş uçun qayta aloqa tizimi ham şu tartibda yölga qöyiladi.
Vazir huzurida öquvçilar, talabalar, ota-onalar, pedagoglar va iş beruvçilardan iborat Ta’lim böyiça jamoatçilik kengaşi tuziladi. Vazirlik hay’ati 15 kişidan iborat böladi. Uning tarkibiga vazir, vazir örinbosarlari, agentliklar rahbarlari, oliy ta’lim taşkilotlari rektorlari, olimlar va pedagoglar kiradi.
Sobiq Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ta’limni rivojlantiriş markazi tugatiladi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
