O‘zbekistonda lotin yozuviga asoslangan yangilangan alifbo tasdiqlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 21-oktabr kuni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirish haqidagi qonunni imzoladi. Bu haqda Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi.
Qonun o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 37 yilligi kuni imzolandi.
Saida Mirziyoyevaning aytishicha, o‘zgarishlar amaldagi yozuvdagi kamchiliklarni bartaraf etish va o‘zbek tilining raqamli muhitdagi o‘rnini mustahkamlashga qaratilgan.
Yangi alifboga o‘tish amaldagi hujjatlar va bosma mahsulotlarni birdaniga almashtirishni talab qilmaydi:
- amaldagi hujjatlar o‘z yuridik kuchini saqlab qoladi;
- milliy valyuta va qimmatli qog‘ozlar almashtirilmaydi;
- darsliklar navbatdagi yangilanish vaqtida o‘zgartiriladi;
- peshlavha va ko‘rsatkichlar foydalanish muddati tugagach yoki rejali almashtirish vaqtida yangilanadi.
Bu tartib davlat, biznes va fuqarolarning qo‘shimcha xarajatlarini kamaytirishga xizmat qiladi.
Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish haqidagi qonunga o‘zgartirish kiritishni nazarda tutuvchi O‘RQ-236-sonli qonun loyihasi 2026-yil yozida Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqilgan. Palata loyihani 7-iyul kuni qabul qilgan.
O‘zbek lotin alifbosi dastlab 1993-yilda qonun bilan tasdiqlangan. 1995-yilda unga o‘zgartirish kiritilib, alifbo 26 ta harf va Sh, Ch, Ng harf birikmalaridan iborat etib belgilangan.
1993-yildagi dastlabki shaklda alifbo 31 ta harf va bitta tutuq belgisidan iborat bo‘lgan. 1995-yilgi o‘zgarishda ayrim mustaqil harflar chiqarilib, ularning o‘rniga harf birikmalari kiritilgan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
