Yangiliklar/Jamiyat

Lutfi ko‘chasidagi ajratilgan yo‘laklarda kameralar ishga tushdi

Jamiyat 21 oktyabr, 10:02
Lutfi ko‘chasidagi ajratilgan yo‘laklarda kameralar ishga tushdi

Toshkentning Lutfi ko‘chasida jamoat transporti va individual harakatlanish vositalari uchun ajratilgan yo‘laklarni nazorat qiluvchi kameralar ishga tushirildi.

Nazorat ko‘chaning 2,4 kilometrlik qismida olib boriladi. Yo‘lning o‘ng tomonida jamoat transporti uchun «A» yo‘lagi, velosiped, elektrosamokat va boshqa individual harakatlanish vositalari uchun esa alohida yo‘lak tashkil etilgan.

Kameralar boshqa transport vositalarining ushbu yo‘laklarda:

  • harakatlanishi;
  • to‘xtashi;
  • to‘xtab turishini qayd etadi.

Kameralar aniqlagan noqonuniy to‘xtash va to‘xtab turish holatlari bo‘yicha jarimalar rasmiylashtiriladi. Yo‘l harakatini tashkil etish markazi jarima miqdorini ko‘rsatmagan.

Lutfi ko‘chasida velosiped va elektrosamokatlar uchun alohida yo‘lak sentabr oyida tashkil etilgan edi. Endi undan foydalanish avtomatik kameralar orqali nazorat qilinadi.

2025-yil 1-iyundan O‘zbekistonda yo‘l chiziqlari talablariga rioya qilmaslik holatlarini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qurilmalar orqali qayd etishga ruxsat berilgan. Jamoat transporti uchun alohida yo‘lak mavjud yo‘llarda boshqa avtomobillar soat 23:00 dan 06:00 gacha ushbu yo‘lakda harakatlanishi mumkin. Haydovchilar aniq hududdagi yo‘l belgilari va chiziqlariga rioya qilishi kerak.

2,7400

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→