O‘zbekiston 12-noyabr kuni Rossiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi

Sport 20 oktyabr, 17:00
O‘zbekiston 12-noyabr kuni Rossiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi

O‘zbekiston va Rossiya milliy futbol jamoalari 12-noyabr kuni Toshkentda o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi ma’lum qildi.

O‘yin «Paxtakor» stadionida noyabr oyidagi FIFA kunlari doirasida tashkil etiladi. Ushbu davrda klublar milliy jamoalarga chaqirilgan futbolchilarni terma jamoalar ixtiyoriga yuborishi kerak. Jamoalar tarkibi, uchrashuvning boshlanish vaqti hamda chiptalar sotuvi bo‘yicha ma’lumotlar keyinroq e’lon qilinadi.

O‘zbekiston va Rossiya terma jamoalari oxirgi marta 2022-yil noyabrida Toshkentda uchrashgan. «Paxtakor» stadionida o‘tgan o‘rtoqlik o‘yini 0:0 hisobida yakunlangan.

O‘zbekiston terma jamoasi so‘nggi nazorat uchrashuvlarida Suriyani 4:1, Eronni 3:1 hisobida mag‘lub etdi, Janubiy Koreyaga esa 0:2 hisobida yutqazdi.

Rossiya so‘nggi o‘rtoqlik o‘yinlarida Eron, Namibiya hamda Trinidad va Tobagoni mag‘lub etib, Nigeriya bilan durang o‘ynadi.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi keltirgan ma’lumotga ko‘ra, O‘zbekiston FIFA reytingida 59-o‘rinni, Rossiya esa 35-o‘rinni egallab turibdi.

Rossiya terma jamoasi va klublari 2022-yildan beri FIFA hamda UEFA rasmiy musobaqalarida qatnashmayapti. Shu sababli milliy jamoa asosan o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazmoqda.

12,4980

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→