Yangiliklar/Reklama

Privilegia.uz: Shveytsariya soatlari va zargarlik buyumlari bozorida 20 yildan ortiq tajriba

Reklama 19 oktyabr, 22:44
Privilegia.uz: Shveytsariya soatlari va zargarlik buyumlari bozorida 20 yildan ortiq tajriba

Privilegia.uz — Shveytsariya soatlari, brend zargarlik buyumlari, olmoslar va qimmatbaho toshlarni sotish yoki xarid qilish, professional baholatish hamda buyumning aslligini tekshirtirish mumkin bo‘lgan elit soatlar va zargarlik buyumlari markazi. Shuningdek, markaz mutaxassislari soatlar va zargarlik buyumlarini sifatli ta’mirlash xizmatini ko‘rsatadi.

Rolex, Patek Philippe, Audemars Piguet, Richard Mille, Cartier, Van Cleef & Arpels va shu kabi premium brendlar mahsulotlarini professional baholash bozorni chuqur bilish hamda ularning qiymatiga ta’sir qiluvchi ko‘plab omillarni hisobga olishni talab etadi. Jumladan, buyumning holati, komplektatsiyasi, ishlab chiqarilgan yili, modelning noyobligi va joriy talab hisobga olinadi.

Privilegia premium soatlar va zargarlik buyumlari bozorida 20 yildan ortiq vaqt davomida faoliyat yuritib, shu vaqt ichida dunyo bozorida tanildi va O‘zbekiston bozorida yetakchi pog‘onalarni egallab kelmoqda.

Shveytsariya soatlari

Shveytsariya soatlarini xarid qilish, sotish va professional baholash Privilegia.uz faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, markaz talab yuqori bo‘lgan modellar bilan bir qatorda, yetakchi soat ishlab chiqaruvchi brendlarning, ya’ni:

  • Rolex;
  • Patek Philippe;
  • Audemars Piguet;
  • Richard Mille;
  • Cartier;
  • Breguet;
  • Hublot;
  • Vacheron Constantin;
  • Ulysse Nardin;
  • A. Lange & Söhne;
  • F.P. Journe kabi noyob va kolleksion soatsozlik san’ati namunalari bilan ham ishlab kelmoqda.

Zargarlik buyumlari va qimmatbaho toshlar

Markaz quyidagi yetakchi zargarlik brendlarining original buyumlari bilan ishlaydi:

  • Cartier;
  • Van Cleef & Arpels;
  • Graff;
  • Tiffany & Co.;
  • Bvlgari;
  • Chopard;
  • Piaget;
  • Harry Winston.

Baholash jarayonida buyumning brendi, holati va bozordagi joriy qiymati, qimmatbaho toshlar o‘rnatilgan zargarlik buyumlarida esa toshlarning xususiyatlari ham hisobga olinadi. Bitim tuzilishidan oldin buyumning haqiqiyligi tekshiriladi.

Privilegia xizmatlari

Markazda soatlar, zargarlik buyumlari va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq kompleks xizmatlardan foydalanish mumkin:

  • Shveytsariya soatlarini sotib olish va sotish;
  • oltin va brend zargarlik buyumlarini sotib olish;
  • soatlar, zargarlik buyumlari, olmoslar va qimmatbaho toshlarni baholash;
  • buyumlarning haqiqiyligini tekshirish;
  • soatlarni ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish;
  • soat korpusi va bilaguzugini jilolash;
  • quvvat elementlarini almashtirish;
  • soatlar, zargarlik buyumlari va aksessuarlarni sotish.

Nima uchun Privilegia’ni tanlashadi?

20 yildan ortiq ish tajribasi Privilegia mutaxassislariga nafaqat muayyan brendlar va modellarning o‘ziga xos jihatlarini, balki ikkilamchi bozordagi doimiy o‘zgarishlarni ham yaxshi tushunish imkonini beradi.

Privilegia mijozlariga quyidagilar taqdim etiladi:

  • mavjud soatlar va zargarlik buyumlarining keng tanlovi;
  • buyumlarning originalligiga kafolat;
  • professional va tushunarli baholash;
  • xarid qilish va sotish uchun raqobatbardosh shartlar;
  • xarid qilingan buyumlarga kafolat;
  • bitim maxfiyligi.

Privilegia’ni Toshkentda qayerdan topish mumkin?

Privilegia elit soatlar markazi

Mirobod tumani, Amir Temur shoh ko‘chasi, 29-uy

Telefon: +998 99 190 90 99

Aliyev oltin markazi

Chilonzor tumani, Bunyodkor shoh ko‘chasi, 15/1

Telefon: +998 88 099 90 99

Chorsudagi oltin markazi

Shayxontohur tumani, Sakichmon ko‘chasi, 1A

Telefon: +998 88 709 09 99

Ish tartibi:

• Ish kunlari: 10:00 dan 20:00 gacha.

• Dam olish kunlari: 13:00 dan 18:00 gacha.

Sayt: privilegia.uz

Telegram: Privilegia_uzb

Instagram: privilegia.uz

Reklama.

2130

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→