Yangiliklar/Siyosat

O‘qituvchilarning qog‘ozbozligini kamaytirish va yig‘ilishlarni qisqartirish masalasini muhokama qildi

Siyosat 17 oktyabr, 14:58
O‘qituvchilarning qog‘ozbozligini kamaytirish va yig‘ilishlarni qisqartirish masalasini muhokama qildi

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Erkinjon Turdimov ta’lim tizimining joriy holati, mavjud muammolar hamda ularni hal etishga qaratilgan amaliy takliflar yuzasidan taqdimotlar bilan tanishdi.

Muhokamada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni har tomonlama rivojlantirish va maktabga sifatli tayyorlash, shuningdek, maktab o‘quvchilarining bilim darajasi va fanlarni o‘zlashtirish sifatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Kun tartibidan pedagoglarning jamiyatdagi nufuzi va maqomini oshirish, o‘qituvchilarni ortiqcha qog‘ozbozlikdan xalos etish hamda ta’lim tizimi rahbarlari tomonidan o‘tkaziladigan yig‘ilishlar sonini keskin kamaytirish masalalari ham o‘rin oldi.

Ushbu chora-tadbirlar o‘qituvchilarning ta’lim sifati, har bir bolaning bilim olishi va individual qobiliyatlarini rivojlantirishga ko‘proq e’tibor qaratishi uchun sharoit yaratishga qaratilgan.

1,3520

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→