Toshkentning beshta tumanida aholi issiq suvdan kimyoviy hid kelayotganidan shikoyat qildi

Toshkentning Mirobod, Yakkasaroy, Shayxontohur, Chilonzor va Yunusobod tumanlarida yashovchilar issiq suvdan o‘ziga xos kimyoviy hid kelayotganidan shikoyat qildi. Bu haqdagi murojaatlar Veolia Energy Tashkent kompaniyasining qo‘llab-quvvatlash xizmatiga va ijtimoiy tarmoqlariga kelib tushgan.
Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, Veolia Energy Tashkent issiqlik energiyasi va issiq suvni turar joy binolarining sokol qismigacha yetkazib berish hamda taqsimlash bilan shug‘ullanadi. Ko‘rsatilgan tumanlarga tarmoq suvi bevosita boshqa yetkazib beruvchi — Toshkent issiqlik elektr markazi (Toshkent IEM) AJdan uzatiladi.
Veolia’ning akkreditatsiyadan o‘tgan laboratoriyasi mutaxassislari joylarga borib, suv manbalari va turar joylardan namunalar oldi. Namunalar kimyoviy-bakteriologik va organoleptik tahlildan o‘tkaziladi. Tadqiqotlar yakunlangach, natijalar e’lon qilinishi bildirilgan.
Tarmoq suvi sifatida aniqlangan chetlanishlar haqidagi ma’lumot Toshkent IEM AJ rahbariyati va texnik xizmatlariga yuborilgan. Ularga elektr stansiyasidagi texnologik jarayonni me’yorlashtirish hamda magistral quvurlarni yuvish bo‘yicha shoshilinch choralar ko‘rish topshirilgan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
