Yangiliklar/Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Boku shahrida Qatar va Laos rahbarlari bilan uchrashuvlar oʻtkazdi

Siyosat 16 oktyabr, 10:01
Shavkat Mirziyoyev Boku shahrida Qatar va Laos rahbarlari bilan uchrashuvlar oʻtkazdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Boku shahrida o‘tkazilgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash sammiti doirasida Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan uchrashdi.

Tomonlar strategik sheriklikni rivojlantirish va qo‘shma loyihalarni jadallashtirish masalalarini ko‘rib chiqdi. Qatar kompaniyalari O‘zbekistonda energetika, kimyo sanoati, oziq-ovqat xavfsizligi, transport va qurilish yo‘nalishlaridagi loyihalarda qatnashmoqda.

Uchrashuvda joriy yil boshidan buyon Qatar investitsiyalarini o‘zlashtirish hajmi sezilarli oshgani qayd etildi. Biroq aniq ko‘rsatkichlar keltirilmadi.

Dekabr oyida O‘zbekiston delegatsiyasi Doha forumida qatnashadi. Forum doirasida O‘zbekiston va Qatar Hukumatlararo qo‘shma komissiyasi hamda Ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Prezidentlar xalqaro va mintaqaviy masalalarni ham muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev 15-oktabr kuni Boku shahrida Laos Prezidenti Txonglun Sisulit bilan ham uchrashdi.

Muzokaralarda O‘zbekiston va Laos o‘rtasidagi savdo hajmini oshirish, tadbirkorlar aloqalarini kengaytirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi. Transport, logistika, farmatsevtika, tibbiyot va turizm hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari sifatida belgilandi.

Tomonlar savdo-iqtisodiy munosabatlarning huquqiy bazasini kengaytirish, ta’lim va madaniyat sohalaridagi almashinuvlarni faollashtirish zarurligini qayd etdi. Yetakchilar mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan ham fikr almashdi.

9280

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→