Saida Mirziyoyeva energetika sohasidagi Investorlar kengashiga rahbarlik qiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 16-oktabr kuni yoqilg‘i-energetika sohasi investorlari bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda Investorlar kengashi tuzilishini e’lon qildi.
Kengashga Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva boshchilik qiladi. Prezident uning faoliyatini shaxsan nazorat qilishini bildirdi.
Yangi tuzilma energetika loyihalarini amalga oshirishning barcha bosqichlarida yuzaga keladigan masalalar bilan shug‘ullanadi. Bunga yer uchastkalarini ajratish, texnik shartlarni olish, elektr tarmoqlariga ulanish va obyektlarni foydalanishga topshirish kiradi. Investorlar bilan davlat idoralari o‘rtasida doimiy muloqot mexanizmini yaratishni ACWA Power, Vision Invest, DataVolt, Voltalia va EDF kompaniyalari taklif qilgan.
Shavkat Mirziyoyevning aytishicha, hatto bitta ruxsat yoki texnik jarayonning kechikishi ham yirik energetika loyihasining umumiy muddatiga ta’sir qilishi mumkin.
«Kengashning asosiy vazifasi sizlarni eshitish», dedi prezident investorlarga murojaat qilib.
U yangi kengash investorlar bilan davlat rahbariyati o‘rtasidagi masofani qisqartirishi, byurokratik to‘siqlarni kamaytirishi va korrupsiya xavfining oldini olishi kerakligini ta’kidladi.
Kengashning tarkibi, aniq vakolatlari va murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi hozircha ochiqlanmagan.
Prezident energetikani mamlakatning kelgusi rivoji va aholi farovonligiga ta’sir qiladigan asosiy yo‘nalishlardan biri deb atadi. Uning qayd etishicha, yangi loyihalar nafaqat investorlar uchun daromad keltirishi, balki hududlarni rivojlantirishi, ish o‘rinlari yaratishi va energiya ta’minotini yaxshilashi kerak.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
