O‘zbekistonda bolalarni spirtli ichimliklar va giyohvand moddalarni iste’mol qilishga jalb etganlik uchun jazo kuchaytirildi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev voyaga yetmaganlarni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb etganlik uchun jinoiy javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan qonunni imzoladi.
Ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bolalarni spirtli ichimliklar hamda aqliy va irodaviy faoliyatga ta’sir qiluvchi moddalarni iste’mol qilishga jalb etganlik uchun jarima miqdori 100–200 BHMdan (44–88 mln so‘m) 150–250 BHMgacha (66–110 mln so‘m) oshirildi.
Shuningdek, ushbu qilmish uchun 360 soatdan 400 soatgacha majburiy jamoat ishlari, uch yilgacha axloq tuzatish ishlari, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish jazolari nazarda tutilgan. Avval ozodlikdan mahrum qilishning eng yuqori muddati uch yilni tashkil etgan.
Voyaga yetmaganlarni giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari yoki kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni iste’mol qilishga jalb etganlik uchun ozodlikdan mahrum qilish muddati 3–5 yildan 5–7 yilgacha oshirildi.
Jinoyat takroran sodir etilganda, ikki yoki undan ortiq voyaga yetmagan jalb qilinganda, qilmish ta’lim muassasalari hududida amalga oshirilganda yoki odam o‘limi yoxud boshqa og‘ir oqibatlarga olib kelganda, 7 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilanadi. Avval bunday holatlar uchun 5 yildan 10 yilgacha qamoq jazosi nazarda tutilgan edi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
