Shavkat Mirziyoyev Boku shahrida Ilhom Aliyev bilan uchrashdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Boku shahriga bordi va Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan muzokara o‘tkazdi.

Haydar Aliyev nomidagi xalqaro aeroportda O‘zbekiston rahbarini Ozarbayjon bosh vazirining o‘rinbosari Shahin Mustafayev va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Prezidentlar O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini rivojlantirish, shuningdek, Ilhom Aliyevning avgust oyida O‘zbekistonga qilgan davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.

Yil boshidan buyon ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo aylanmasi 30 foizga oshgani qayd etildi. Geologiya, energetika, qurilish, transport, logistika, yengil sanoat va turizm sohalaridagi qo‘shma loyihalar ham ko‘rib chiqildi.
Davlat rahbarlari madaniy-gumanitar almashinuv, xalqaro va mintaqaviy masalalar hamda bo‘lajak tadbirlar rejasini muhokama qildi.
Shavkat Mirziyoyev 15-oktabr kuni Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning yettinchi sammitida qatnashadi. Sammit doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham rejalashtirilgan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
