Green Card DV‑2027 lotereyasi qayta boshlanishi haqidagi xabar tasdiqlanmadi

Kaliforniya federal sudi AQSh Davlat departamentiga Green Card DV‑2027 lotereyasini 1-noyabrgacha qayta boshlash majburiyatini yuklagani haqidagi ma’lumot tasdiqlanmadi.
AQSh Davlat departamenti va federal sudlarning rasmiy saytlarida bunday qaror e’lon qilinmagan. Xabarlarda tilga olingan Red Eagle Law yuridik kompaniyasining davlat kotibi Marko Rubioga qarshi da’vosi ham topilmadi.
Arizalar 30 kun davomida qabul qilinishi va natijalar 3-dekabrgacha e’lon qilinishi haqidagi ma’lumotlar ham tasdiqlanmagan. Odatda Diversity Visa natijalari ro‘yxatdan o‘tish yakunlanganidan bir necha oy o‘tib e’lon qilinadi.
DV‑2027 dasturi Braun universitetidagi otishmadan keyin to‘xtatilgani va sud uni qayta tiklagani haqida ham rasmiy ma’lumot yo‘q. Ro‘yxatdan o‘tish uchun bir dollar undirilishi haqidagi xabar DV‑2027 rasmiy yo‘riqnomasi orqali tekshirilishi kerak.
Davlat departamenti dastur qoidalarini e’lon qilmaguncha, 1-noyabr va 3-dekabr sanalarini rasmiy deb bo‘lmaydi. Ariza faqat Diversity Visa dasturining davlat saytida ro‘yxatdan o‘tish boshlangach topshirilishi kerak. Natija ro‘yxatdan o‘tishda berilgan tasdiqlash raqami orqali mustaqil tekshiriladi.
O‘zbekistondan 5 564 kishi Green Card yutgani haqidagi ma’lumot ham izoh talab qiladi. AQSh statistikasi asosiy arizachilar bilan birga ularning oila a’zolarini ham hisobga olishi mumkin. Lotereyada tanlab olinish viza berilishini kafolatlamaydi. Arizachi dastur talablariga javob berishi, hujjatlarini taqdim etishi va konsullik jarayonidan o‘tishi kerak.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
