Yangiliklar/Siyosat

«Yosh bolaga nisbatan zo‘ravonlikka aslo toqat qilib bo‘lmaydi, jazo esa muqarrar va murosasiz bo‘lishi shart» - Saida Mirziyoyeva

Siyosat 14 oktyabr, 17:10
«Yosh bolaga nisbatan zo‘ravonlikka aslo toqat qilib bo‘lmaydi, jazo esa muqarrar va murosasiz bo‘lishi shart» - Saida Mirziyoyeva

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva O‘zbekistonda bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishga qaratilgan yangi qonun haqida post e’lon qildi.

Uning ma’lum qilishicha, prezident beshta kodeks va oltita qonunga o‘zgartirish kiritishni nazarda tutuvchi hujjatni imzolagan.

«Yosh bolaga nisbatan zo‘ravonlikka aslo toqat qilib bo‘lmaydi, jazo esa muqarrar va murosasiz bo‘lishi shart», deb yozdi Saida Mirziyoyeva.

Yangi normalarga ko‘ra, bolaga jismoniy yoki ruhiy zarar yetkazgan shaxs javobgarlikka tortiladi. Bu ta’lim muassasalari xodimlari, qarindoshlar va bolaga mas’ul boshqa shaxslarga ham taalluqli.

Bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan jinoyatlar uchun jazoni yengillashtirish imkoniyati cheklanadi.

Gap bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish tizimini takomillashtirishga qaratilgan O‘RQ-1130-sonli qonun haqida bormoqda. Hujjat 2026-yil 17-aprelda imzolangan. U jinoyat, ma’muriy va jinoyat-protsessual qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritadi.

Qonunda voyaga yetmagan jabrlanuvchi va guvohlarning jinoyat protsessidagi ishtiroki tartibi ham aniqlashtirilgan. Hujjat Qonunchilik palatasi tomonidan 2025-yil 16-sentabrda qabul qilingan va Senat tomonidan 19-dekabrda ma’qullangan.

O‘zbekistonda 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish strategiyasi ham amal qilmoqda. U bolalar huquqlarini himoya qilish, mas’ul idoralar ishini yaxshilash va jamiyatda zo‘ravonlikka murosasiz munosabatni shakllantirishni nazarda tutadi.

3,5990

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→