Yangiliklar/Siyosat

Marko Rubio 200 dan ortiq biznes vakili bilan Samarqandga keladi

Siyosat 14 oktyabr, 13:02
Marko Rubio 200 dan ortiq biznes vakili bilan Samarqandga keladi

AQSh davlat kotibi Marko Rubio 17–22-oktabr kunlari O‘zbekiston va Hindistonga tashrif buyuradi. Safar doirasida u Samarqandda C5+1 formatidagi vazirlar uchrashuvida qatnashadi.

C5+1 formati AQSh va Markaziy Osiyoning beshta davlati: O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston hamda Turkmanistonni birlashtiradi.

Samarqanddagi uchrashuvda strategik hamkorlik, savdo, investitsiyalar va iqtisodiy aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilinadi. Rubio mintaqadagi besh davlatning yuqori martabali vakillari bilan alohida muzokaralar ham o‘tkazadi.

Davlat kotibi boshchiligidagi delegatsiya tarkibidan 200 dan ortiq AQSh kompaniyalari rahbarlari joy oladi. Tashrif davomida Amerika biznesi va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi investitsiyaviy hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqiladi.

C5+1 formati 2015-yilda tashkil etilgan. Uning ilk vazirlar uchrashuvi aynan Samarqandda o‘tkazilgan. Hamkorlik iqtisodiyot, energetika, atrof-muhit, xavfsizlik, transport va mintaqaviy savdo yo‘nalishlarini qamrab oladi.

O‘zbekistondan so‘ng Rubio Hindistonning Mumbay va Jamnagar shaharlariga boradi. U yerda Hindiston vakillari bilan strategik sheriklik, energetik hamkorlik hamda mintaqaviy va xalqaro masalalarni muhokama qiladi.

2,2500

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→