Turkiya Turk davlatlari futbol kubogini tashkil etishni taklif qildi

Sport 13 oktyabr, 15:50
Turkiya Turk davlatlari futbol kubogini tashkil etishni taklif qildi

Turkiyada Turk davlatlari ishtirokida yangi xalqaro futbol turnirini tashkil etish taklif qilindi. Musobaqani har ikki yilda bir marta o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Tashabbusni Turkiyaning hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi (AK Parti) raisi o‘rinbosari Kyurshad Zorlu ilgari surdi. Uning aytishicha, turnir loyihasini Turkiya futbol federatsiyasi hamda Yoshlar va sport vazirligi ishlab chiqadi.

Yangi musobaqa turkiy davlatlarning futbol tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, yosh iste’dodlarni aniqlash va futbolchilarni tayyorlash imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Turnirning formati, ishtirokchilari va o‘tkazilish muddati hozircha belgilanmagan.

Zorlu turkiy davlatlardan kelgan futbolchilarning Turkiyadagi maqomini o‘zgartirish masalasi ham muhokama qilinayotganini ma’lum qildi. O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon va boshqa turkiy davlatlar futbolchilarini umumiy legionerlar toifasidan chiqarish taklif etilmoqda.

Agar tashabbus ma’qullansa, Turkiya klublari ushbu mamlakatlar futbolchilarini legionerlar uchun belgilangan limitdan tashqari yoki yengillashtirilgan shartlarda o‘z safiga qo‘shishi mumkin.

Turkiya futbol federatsiyasi hozircha reglamentga tegishli o‘zgartirishlarni kiritmagan. Alohida maqom qaysi davlatlar fuqarolariga berilishi, qaysi ligalarda amal qilishi va legionerlar limitida qanday hisobga olinishi ham noma’lum.

4200

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→