McDonald’s AQShda narxlarni hisoblash uchun sun’iy intellektdan foydalanmoqda

Dunyo 13 oktyabr, 18:21
McDonald’s AQShda narxlarni hisoblash uchun sun’iy intellektdan foydalanmoqda

McDonald’s AQShdagi restoranlarda sotuvlar, talab va raqobatchilar narxlarini tahlil qilib, taomlar narxini tavsiya qiladigan sun’iy intellekt tizimini joriy etmoqda. Tizim Tiger Analytics kompaniyasi ishtirokida ishlab chiqilgan, deb yozdi Reuters.

Narxlar har bir restoran uchun alohida hisoblanadi. Masalan, Kaliforniya shtatining Fresno shahrida Reuters bir restoranda «Big Mac» 5,69 dollar, boshqasida esa 6,89 dollar turishini aniqladi. Farq 1,20 dollar yoki qariyb 21 foizni tashkil etdi. Agentlik bu tafovut algoritm tavsiyalari bilan bog‘liqligini tasdiqlay olmadi.

Sun’iy intellekt narxlarni avtomatik ravishda o‘zgartirmaydi. Yakuniy qarorni restoran egasi qabul qiladi. U ijara, xodimlar maoshi va boshqa xarajatlarni ham mustaqil qoplaydi.

Ayrim franshiza egalari McDonald’s tavsiya etilgan narxlardan chetga chiqish holatlarini kuzatayotganini bildirdi. Ularning fikricha, restoran xarajatlari joylashuv va mahalliy bozorga qarab farqlanishiga qaramay, bunday nazorat tadbirkorlarning mustaqilligini cheklaydi.

Tizim alohida xaridorlar uchun emas, restoranlar uchun narx hisoblaydi. Mijozlar haqidagi ma’lumotlarga asoslangan shaxsiy narxlash tizimi joriy etilgani haqida ma’lumot yo‘q.

3,5990

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→