Riyod aeroportiga hujumda ikki oʻzbek fuqarosi jarohatlandi

Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahridagi Qirol Xolid xalqaro aeroportiga raketa hujumi oqibatida ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi yengil jarohatlandi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Omonulla Fayziyev ma’lum qildi.
Hodisa 10-oktyabr kuni aeroportning 3-terminalida yuz bergan. Jarohatlangan fuqarolar 1977 va 1997-yillarda tug‘ilgan. Ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, Diriyah Hospital shifoxonasiga olib borilgan. Tibbiy tekshiruv va zarur muolajalardan so‘ng har ikki fuqaro shifoxonadan chiqarilgan.
TIVning dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, hujum vaqtida aeroport hududida bo‘lgan yana 20 nafarga yaqin O‘zbekiston fuqarosi jabrlanmagan.
O‘zbekistonning Ar-Riyoddagi elchixonasi fuqarolar bilan muntazam aloqada bo‘lib turibdi. Diplomatik vakolatxona Saudiya Arabistoni idoralari bilan hamkorlikda vaziyatni kuzatmoqda va zarur konsullik yordamini ko‘rsatmoqda.
Jarohatlangan ikki fuqaro o‘zaro qarindosh ekani yoki yo‘qligi hozircha ma’lum emas.
O‘zbekiston TIV tinch aholi va fuqarolik infratuzilmasiga qilingan hujumni qoraladi. Vazirlik tomonlarni keskinlikni oshirmaslikka, bunday hujumlarni to‘xtatishga hamda kelishmovchiliklarni diplomatik yo‘l bilan hal etishga chaqirdi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
