Odilxon qori Ismoilov ishi apellyatsiyada ko‘rib chiqilgach, ozodlikka chiqdi

Odilxon qori Ismoilov ishi apellyatsiya tartibida ko‘rib chiqilgandan so‘ng ozodlikka chiqdi.
Manbaning xabar berishicha, 12-oktabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan viloyat sudi Ismoilovning ishini apellyatsiya tartibida ko‘rib chiqqan. Majlis yakunlariga ko‘ra, u to‘g‘ridan-to‘g‘ri sud zalidan ozod qilingan.
Shu yilning iyul oyida jinoyat ishlari bo‘yicha Pop tuman sudi “Rayxon oilaviy milliy taomlari” asoschisi Odilxon qori Ismoilov va yana olti nafar sudlanuvchiga oid ishni ko‘rib chiqqan edi. Muqaddam Ismoilov sudlanmagan bo‘lgan.
Sud yetti nafar sudlanuvchini O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 209-moddasi 2-qismi “a” bandi (mansabdor shaxs tomonidan hujjatlarni soxtalashtirish), 227-moddasi 2-qismi “a” bandi, shuningdek, 228-moddasi 2-qismi “a” va “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topgan.
Odilxon qori Ismoilov sakkiz yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilingan edi. Jinoyat kodeksining 62-moddasiga muvofiq, hibsda saqlangan vaqtini hisobga olgan holda, jazo muddati 7 yil 11 oy-u 28 kunni tashkil etgan. Qolgan olti nafar mahkumga esa sodir etgan qilmishlaridan kelib chiqib, turli muddatlardagi ozodlikdan mahrum etish jazolari tayinlangan.
Ismoilov ko‘p yillar davomida Toshkentdagi bir nechta yirik masjidlarda faoliyat yuritgan. Xususan, u Shayxontohur tumani bosh imom-xatibi lavozimida ishlagan va “Ko‘kcha” (Shayx Zayniddin) masjidi imomi bo‘lgan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
