Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga ikki kunlik tashrifini yakunladi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga amaliy tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi. Davlat rahbari 8–9-oktyabr kunlari Markaziy Osiyo va Ozarbayjon yetakchilarining Maslahat uchrashuvi hamda MDH sammitida ishtirok etdi.

8-oktabr kuni Avaza milliy sayyohlik zonasida Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Shavkat Mirziyoyev sammitda sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, transport bog‘liqligini mustahkamlash va yangi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha takliflarni ilgari surdi. Energetika, suv resurslaridan foydalanish va ekologik muammolarni birgalikda hal qilish masalalariga ham e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida Qo‘shma bayonot qabul qilinib, bir qator ko‘p tomonlama hujjatlar imzolandi.
Sammit doirasida Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan muzokara o‘tkazdi. Tomonlar Oliy darajadagi strategik sheriklik kengashini tuzish to‘g‘risidagi bitimni imzoladi.

Prezident, shuningdek, Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan uchrashdi. MDH mamlakatlari delegatsiyalari rahbarlari bilan birga Milliy taomlar festivaliga tashrif buyurdi.

9-oktabrda kuni Shavkat Mirziyoyev MDH davlat rahbarlari kengashi majlisida qatnashdi. U savdo va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, transport aloqalarini rivojlantirish, oziq-ovqat hamda energetika xavfsizligini mustahkamlashni taklif qildi.
Davlat rahbari kiberjinoyatchilikka qarshi hamkorlikni kuchaytirish masalasini ham ko‘tardi. Sammitning kengaytirilgan majlisida O‘zbekistonning 2027-yilda MDHga raisligidagi ustuvor yo‘nalishlar taqdim etildi.

Shavkat Mirziyoyevni Turkmanboshi aeroportida Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari Botir Annayev va boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.

Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
