Yangiliklar/Siyosat

O‘zbekistonda ta’lim tizimini boshqarish vakolatlari qanday taqsimlanadi?

Siyosat 9 oktyabr, 17:09
O‘zbekistonda ta’lim tizimini boshqarish vakolatlari qanday taqsimlanadi?

Ta’lim va ilm-fan vazirligi kundalik faoliyat va tashkiliy ishlarga javob beradi. Shuningdek, ta’lim sifati, yangi maktablar, bog‘chalar va oliy ta’lim muassasalarini qurish, tarbiya jarayoni hamda bolalar manfaatlarini himoya qilish uning vakolatiga kiradi.

Ta’limni rivojlantirish markazi ta’lim tizimining ilmiy-uslubiy bazasini takomillashtirish bilan shug‘ullanadi. Markaz mutaxassislari darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, ta’lim dasturlari va metodikalarni ishlab chiqadi. Ularni amaliyotga joriy etish, natijalarni monitoring qilish va takomillashtirish ham markaz vazifalariga kiradi.

Zafar Hoshimov rahbarligidagi ishchi guruh mamlakatdagi 10 mingta maktabning tuzilmasini tahlil qiladi. Guruh ichki biznes-jarayonlarni o‘rganib, tizimdagi muammo va kamchiliklarni aniqlaydi hamda ta’lim sifati va maktablar faoliyatini yaxshilash bo‘yicha aniq takliflar tayyorlaydi.

Prezident Administratsiyasi ta’lim sohasidagi strategik masalalar, umumiy siyosatni ishlab chiqish va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish bilan shug‘ullanadi.

2440

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→