O‘zbekistonda samolyot bortidagi takroriy qoidabuzarlik uchun jarima oshirilishi mumkin

O‘zbekistonda samolyot bortida ekipaj talablarini takroran bajarmagan yo‘lovchilar uchun jarimani 8,8 mln so‘mgacha oshirish taklif qilindi. Tegishli qonun loyihasini Transport vazirligi ishlab chiqdi.
Loyihaga ko‘ra, yo‘lovchi havo kemasi komandiri yoki uning nomidan harakat qilayotgan ekipaj a’zosining bortdagi xulq-atvor qoidalariga rioya qilish haqidagi ko‘rsatmalarini bajarmasa, 5 BHMdan 10 BHMgacha jarimaga tortiladi. Bu 2,2 mln so‘mdan 4,4 mln so‘mgacha bo‘lgan miqdorni tashkil etadi.
Agar fuqaro ma’muriy jazo qo‘llanganidan keyin bir yil ichida shu qoidabuzarlikni takrorlasa, jarimani 15 BHMdan 20 BHMgacha, ya’ni 6,6 mln so‘mdan 8,8 mln so‘mgacha oshirish taklif etilmoqda.
Hozir Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 117-moddasida ekipaj ko‘rsatmalarini bajarmaganlik uchun 5–10 BHM jarima belgilangan. Biroq takroriy qoidabuzarlik uchun alohida javobgarlik mavjud emas.
Transport vazirligi taklif etilayotgan o‘zgarishlar parvozlar xavfsizligini oshirish va fuqaro aviatsiyasi qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilganini bildirdi.
Qonun loyihasi 2026-yil 9-oktyabrda jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Muhokama 24-oktyabrgacha davom etadi. Shundan so‘ng hujjat Adliya vazirligi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan ko‘rib chiqilishi ko‘zda tutilgan. Loyiha hozircha qabul qilinmagan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
