KDB Bank Oʻzbekiston Koreya aksiyadorining ulushini sotgani haqidagi xabarlarni rad etdi

Koreya taraqqiyot banki (Korea Development Bank, KDB) «KDB Bank Uzbekistan» AJdagi ulushini sotish bo‘yicha qaror qabul qilmagan.
Bayonotda ta’kidlanishicha, KDB xorijdagi filiallari va sho‘ba banklari, jumladan, «KDB Bank Uzbekistan» faoliyatiga oid strategik masalalarni davriy ravishda qayta ko‘rib chiqadi. Biroq O‘zbekistondagi bankdagi ulushini sotish bo‘yicha hech qanday qaror qabul qilinmagan.
«KDB Bank Uzbekistan» rasmiy saytida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Koreya taraqqiyot bankiga bank aksiyalarining 86,32 foizi tegishli. O‘zbekiston Milliy tashqi iqtisodiy faoliyat banki ulushi 10,31 foizni, «Turonbank» ulushi esa 3,37 foizni tashkil etadi. Aksiyadorlar tarkibi haqidagi ushbu ma’lumot 2025-yil 3-yanvarda yangilangan.
KDB Bank Uzbekistan 1997-yildan buyon O‘zbekistonda faoliyat yuritadi. Bankning rasmiy saytida keltirilishicha, Koreya taraqqiyot banki 2000-yillarda uning asosiy aksiyadoriga aylangan.
Rasmiy bayonotda KDB Bank Uzbekistan bosh bankning doimiy ko‘magi ostida odatiy faoliyatini davom ettirayotgani qayd etilgan. Bank O‘zbekiston moliya sektorini rivojlantirish hamda mijozlarga ishonchli va sifatli moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish maqsadlariga sodiq qolishini bildirgan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
