Yangiliklar/Siyosat

Behzod Musayev “Vatandoshlar” jamoat fondi raisi etib tayinlandi

Siyosat 9 oktyabr, 22:32
Behzod Musayev “Vatandoshlar” jamoat fondi raisi etib tayinlandi

Migratsiya agentligi direktori lavozimidan ozod etilgan Behzod Anvarovich Musayev “Vatandoshlar” jamoat fondi raisi etib tayinlandi. Fondning avvalgi raisi Odiljon Sattorov esa uning o‘rinbosari bo‘ldi.

Behzod Musayev avval Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligiga rahbarlik qilgan. Ushbu lavozimda u O‘zbekiston fuqarolarini xorijda tashkiliy asosda ishga joylashtirish, xorijiy davlatlar bilan hamkorlikni kengaytirish va mehnat migrantlarining huquqlarini himoya qilish masalalari bilan shug‘ullangan.

“Vatandoshlar” jamoat fondi 2021-yilda Prezident qarori asosida tashkil etilgan. Fondning asosiy vazifalari xorijda yashayotgan vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlash, ular bilan hamkorlikni rivojlantirish va o‘zbek diasporasi vakillarini birlashtirishdan iborat.

5,7240

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→