Uzum Market tizimlarida texnik nosozlik yuz berdi

Uzum Market marketplace o‘z tizimlarida vaqtinchalik nosozlik yuz bergani haqida xabar berdi. Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, texnik nosozlik sotuvchining shaxsiy kabineti, buyurtmalarni topshirish punktlari (PVZ) va ombor tizimlariga ta’sir qilgan.
Nosozlik sababli omborlar va buyurtmalarni qabul qilish punktlarida tovarlarni vaqtincha qabul qilish, shuningdek, qaytarilgan mahsulotlarni berish to‘xtatilgan.
Uzum Market jamoasi muammo haqida xabardor va uni bartaraf etish ustida ishlamoqda. Qo‘shimcha ma’lumot keyinroq e’lon qilinadi.
Hamkorlardan qo‘shimcha xabargacha omborlarga borishni to‘xtatib turish so‘ralgan. Qabul qilinmagan barcha yetkazib berishlarni jarimasiz boshqa vaqt oralig‘iga ko‘chirish mumkin.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
