Sud Real Sanjikning 5 yilga ozodlikdan mahrum etilishi haqidagi hukmni o‘zgarishsiz qoldirdi

8-oktabr kuni Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha sudi bloger, Real Sanjik nomi bilan tanilgan Sanjar Karimovning apellyatsiya shikoyatini ko‘rib chiqishni yakunladi. Birinchi instansiya sudining hukmi o‘zgarishsiz qoldirildi. Bu haqda Qalampir.uz xabar berdi.
Karimov Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «a» bandi — firibgarlikda aybdor deb topilgan. Jazolar majmui bo‘yicha Jinoyat kodeksining 59–61-moddalari qo‘llanilib, yakuniy jazo 5 yil ozodlikdan mahrum qilish va 400 BHM, ya’ni 136 mln so‘m miqdorida jarima etib belgilangan.
Jinoyat kodeksining 61-moddasiga muvofiq, tayinlangan jazolar mustaqil ravishda ijro etiladi. Apellyatsiya shikoyatlari qisman qanoatlantirilgan, hukmning qolgan qismi o‘zgarishsiz qoldirilgan.
Karimovga nisbatan birinchi hukm 8-may kuni Mirzo Ulug‘bek tumani jinoyat ishlari bo‘yicha sudi tomonidan chiqarilgan. Unga ham 5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Himoya tomoni qarorni apellyatsiya tartibida shikoyat qilib, shahar sudiga yangi dalillarni taqdim etgan.
Blogerning nomi boshqa bir shov-shuvli ish bilan ham bog‘langan. 2024-yil avgustida 1997-yilda tug‘ilgan erkak 1999-yilda tug‘ilgan ayolni turmush qurish va’dasi bilan aldab, uning uyini bloger va tadbirkor Real Sanjikga 240 ming dollarga sotgan. 2025-yil 21-noyabrda u Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan 9 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.
Voqea jamoatchilikka ma’lum bo‘lganidan so‘ng Karimov uyni bolalar uyiga topshirishini bildirgan. Biroq Ijtimoiy himoya milliy agentligi bloger tomonidan uy-joyni topshirish bo‘yicha notarial tasdiqlangan hujjatlar taqdim etilmaganini ma’lum qilgan.
2025-yil 28-noyabrda Karimov qotillik bilan qo‘rqitish (Jinoyat kodeksining 112-moddasi 1-qismi) hamda giyohvandlik vositalarini sotishga suiqasd qilish (25-modda va 273-modda 2-qismi) ayblovlari bilan qo‘lga olingan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
